Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiyaga asosan siyosiy huquq va erkinliklarga qanday huquqlar kiradi?


Konstitutsiyaga asosan siyosiy huquq va erkinliklarga qanday huquqlar kiradi?

Ma’lumki,O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan 6 bo’lim, 26 bob, 128-moddadan iborat Konstitutsiyasi qabul qilingan.

Siyosiy huquqlarga quyidagilar kiradi: Konstitutsiyamizning 32-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish.

Bunday ishtirok etish o’zini o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.

33-moddada esa, Fuqarolar o’z ijtimoiy faolliklarini O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig’ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o’tkazilishini to’xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega ekanliklari kafolatlangan.

34-moddada esa, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emasligi belgilangan.

35-modda. Har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi kafolatlangan.

Yuqorida keltirilgan normalar Konstitutsiyamizda kafolatlangan siyosiy huquq va erkinlklar hisoblanadi.

Olmaliq shahar FHDY bo’limi mudirasi

M.Axmedova