Янгиликлар
Jamoat birlashmalari
Jamoat birlashmalari
Bizga ma’lumki, 1991-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi O’RQ-223-son qonuni qabul qilingan.
Ushbu qonunning 1-moddaga muvofiq, jamoat birlashmasi-o’z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma hisoblanadi.
Ushbu qonunga ko’ra, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sport va boshqa ko’ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assosatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi.
Konstitutsiyaning 57-moddasiga ko’ra, konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’lig’i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Ushbu qonunga ko’ra, Jamoat birlashmalarining fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi o’rni quyidagilardan iborat:
1.Fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishga ko’maklashish,
2.fuqarolarning tashabbuskorlik faolligini oshirish,
3.Kasbga qizig’ishlarini uyg’atish,
4.Aholining sihat solamatligini saqlash,
5.Xalqlar o’rtasidagi tinchlik saqlash,madaniy meroslrni muhofaza etish va boshqalar.
Olmaliq shahar YUXKM
bosh yuriskonsulti Matluba Ashurova