Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oliy Majlis Senatining mutloq vakolatlari


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oliy Majlis Senatining mutloq vakolatlari

Ma’lumki, Konstitutsiya 80-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:

1) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash;

2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;

3) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;

4) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Sud’yalar oliy kengashining raisini tayinlash;

5) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

6) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;

7) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;

8) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;

9) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish;

10) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish;

11) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;

12) o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

13) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Olmaliq shahar adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

Ro‘ziyev Baxtiyor