Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Konstitutsiya shaxsning daxlsizligi, erkin harakatlanishi va himoyasi kafolatlaridir


Konstitutsiya shaxsning daxlsizligi, erkin harakatlanishi va himoyasi kafolatlaridir

1992-yil 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi xalqi uchun unutilmas kun boʻlib, ushbu kunda bosh qomusimiz Oʻzbekiston Respublikasi Oliy kengashi tomonidan tasdiqlanib, kuchga kirgan sana. Oradan qariyb oʻttiz yil oʻtib, zamon insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni yangi bosqichga olib chiqishni taqozo qildi va Davlatimiz rahbari tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ovozga qoʻyish uchun kiritildi. Jami 131 ta ovoz bilan joriy yilning 25-iyun kuni “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida, shuningdek, “Mening Konstitutsiyam” platformasida umumxalq muhokamasi uchun qoʻyildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida inson qadri, huquq va erkinliklari himoya qilinishiga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, Yangi Konstitutsiyaning 13-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi – deb belgilandi.

Shuningdek, ushbu moddaning qolgan qismlarida insonning shaʼni va qadr-qimmatini, huquq va erkinliklarini hurmat qilish, ularga rioya etish, ularni himoya qilish davlatning majburiyati ekanligi, insonning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi belgilab qoʻyildi.

Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 27-moddasida Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz boʻlishi, shaxsiy va oilaviy siri, oʻz shaʼni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega ekanlig, har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqiga egaligi, har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali soʻzlashuvlarni, pochta-telegraf joʻnatmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi, har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga egaligi, sudning qarorisiz uy-joydan mahrum etilishga yoʻl qoʻyilmasligi, hech kim shaxsning uy-joyiga yoki boshqa mol-mulkiga qonunda nazarda tutilganidan boshqacha holda va tartibda kirishga, tintuv oʻtkazishni yoki koʻzdan kechirishni amalga oshirishga haqli emasligi kabi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida bir qancha yangi normalar kiritildi.

Bu esa oʻz navbatida kelgusida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” – degan ulugʻvor gʻoyani soʻzsiz amalga oshirishga, inson qadri eng oliy qadriyat boʻlishiga xizmat qiladi.

 

Asilbek Oʻrmonov,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

katta maslahatchisi