Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Savol: Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qanday hujjatlar taqdim etiladi?


Savol: Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qanday hujjatlar taqdim etiladi?

 

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son Qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 12-bandida, NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yigʻilish oʻtkazilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida, jamoat birlashmasi uchun - bir oy mobaynida beriladi.

Jamoat birlashmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza rahbar organning kamida uch nafar aʼzosi tomonidan imzolanadi. NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

— davlat tilidagi ustav yoxud yuridik shaxs hisoblanadigan alohida boʻlinma toʻgʻrisidagi nizom, ikki nusxada Ustav (nizom) tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan va taʼsischi(lar) vakil qilgan shaxs imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak;

— taʼsis shartnomasi – NNT assotsiatsiyalari (uyushmalari) uchun;

— NNTni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis syezdi (konferensiyasi)ning yoki umumiy yigʻilishning bayonnoma yoxud taʼsischining qarori (respublika va viloyatlararo NNT uchun tegishli alohida boʻlinmalar tashkil etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi);

— NNTning pochta manzili sifatida foydalanish uchun moʻljallanayotgan koʻchmas mulkka yoki undan foydalanishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;

— siyosiy partiyalardan tashqari, NNTni tuzish tashabbuskorlari yoxud taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularda jismoniy shaxslar uchun – familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi hamda yuridik shaxslar uchun - nomi, pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi koʻrsatiladi;

— tashabbuskor fuqarolar roʻyxati:

—                   kamida uch ming kishining roʻyxati – kasaba uyushmalari uchun, kamida oʻn kishining roʻyxati – boshqa jamoat birlashmalari uchun, siyosiy partiyalardan tashqari.

 

Akmal Rahmatullayev,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

boʻlim boshligʻi