Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Savol:- Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilotga hisobotlar qaysi muddatda topshirish belgilangan?


Savol:- Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilotga hisobotlar qaysi muddatda topshirish belgilangan?

Javob: -Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

Hisobot shakli adliya vazirining 2018-yil 27-iyundagi 336-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan.

Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.ye-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish soʻraladi.

Eslatma: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, oʻz vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etishi 4 mln.dan 8 mln soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Abdurasulmirzo Temur,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

yetakchi maslahatchisi