Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Yoshlarga berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar


Yoshlarga berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar

Yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida soʻz borar ekan, bugungi kungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 50 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan boʻlib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganligi bu borada muhim qadam boʻldi. Qonunda yoshlarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, unga koʻra, uy-joy qurish, sotib olish va taʼmirlash, taʼlim muassasalarida oʻqish uchun yoshlarga imtiyozli kreditlar berish, oʻrta maxsus, kasb-hunar yoki oliy taʼlim muassasasini bitirganidan keyin ularning bandligini taʼminlash kafolatlangan.

Shuningdek, Qonunga koʻra, yoshlar (yosh fuqarolar) deganda, 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar nazarda tutiladi. Shuningdek, yosh oila deganda,
30 yoshdan oshmagan er-xotindan yoxud farzand (bola) parvarishlayotgan ota yoki onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan, yolgʻiz, beva er (xotin) tushuniladi.

Bundan tashqari, “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilangan:

- jismonan sogʻlom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatʼiy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

- oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

- yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash va roʻyobga chiqarish, bolalar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2021-yildagi “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 132-sonli Qarori qabul qilinib, yoshlarga yanada kengroq imkoniyatlar yaratilganligini koʻrish mumkin. Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, jumladan, quyidagilarga yoʻnaltiriladi:

- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning
4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam koʻrsatishga;

- yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;

- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda oʻzini oʻzi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini koʻpi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;

- “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

- mamlakatimizdagi OTMda oʻqiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning
50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab berishga;

- “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli ogʻir boʻlgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.

- Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.

 

Zangiota tuman adliya

boʻlimi boshligʻi                                                     Abduvali Eshonqulov