Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Profilaktika – huquqbuzarlikning oldini olishda muhim omil


Profilaktika – huquqbuzarlikning oldini olishda muhim omil

Donishmand halqimizning “Kasalni davolagandan koʻra uni oldini olgan yaxshi” – degan naqlga amal qilishi, fuqarolar oʻrtasida samarali huquqiy targʻibot ishlarini, ayniqsa profilaktik mazmunga ega chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi vaqtda jamiyatimizda huquqbuzarlik turlaridan eng koʻpi firibgarlik, oʻgʻrilik va bosqinchilik kabi jinoyatlar tashkil etadi.

Agar Zangiota tumanidagi mahallalar kesimida 4 ta sektor boʻyicha 2022-yil 7 oyi davomida ushbu jinoyatlarning sodir etilishini tahlil qiladigan boʻlsak, 1-sektorda 3 ta holatda oʻgʻrilik va 3 ta holatda firibgarlik, 2-sektorda 4 ta holatda oʻgʻrilik va 6 ta holatda firibgarlik,
3-sektorda 3 ta holat oʻgʻrilik va 1 ta holatda firibgarlik, 4-sektorda 3 ta holatda firibgarlik, jami tuman boʻyicha 10 ta holatda oʻgʻrilik va 13 ta holatda firibgarlik jinoyati sodir etilgan.

Firibgarlik oʻzi nima? Firibgarlik jinoyati — iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jumlasiga kirib, jinoyat kodeksining 168-moddasida ushbu jinoyatga taʼrif berilgan. Unga koʻra firibgarlik, aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini yoki oʻzganing mulkiga boʻlgan huquqini qoʻlga kiritishdir.

Demak, oʻzganing mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini yuqorida koʻrsatilgan ikki usulni qoʻllab, tekin qoʻlga kiritgan, 16 yoshga toʻlgan aqli raso har qanday shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs sifatida huquqni muxofaza qiluvchi idoralar tomonidan jinoiy taʼqibga uchrashi mumkin.

Firibgarlikning kelib chiqishiga koʻpincha ayrim fuqarolarning nazari pastligidan (baxillik, ochkoʻzlik, pulga xirs qoʻyish), tez boyib ketishga va buning uchun qonunsiz boʻlsa ham maʼlum imtiyozlarni yoki qimmatbaho narsalarni oʻzlashtirishga harakat qilishlari sabab boʻladi.

Bu borada OAV orqali targʻibot va tashviqot ishlarini samarali tashkil etish, aholini ogohlikka va xushyorlikka chaqiruvchi videorolik, videofilm, reklamalar namoyishini amalga oshirish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.

 

Zangiota tuman adliya boʻlimi

boshligʻi                                                           Abduvali Eshonqulov