Янгиликлар
Nogironlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan xabardormisiz...?
Nogironlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan xabardormisiz...?
Qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlari mol-mulk, yer, har bir oy uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha daromad soligʻidan ozod qilingan;
- shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlashga oid normalar ham mavjud. Unga koʻra xodimlar soni 20 (yigirma) kishidan ortiq boʻlgan korxonalar va tashkilotlarda xodimlar sonining kamida uch foizi miqdorida ish joylarining eng kam soni tegishli hokimlik qaroriga asosan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun zaxirada ushlab turiladi;
- nogironligi boʻlgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan bepul taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan imtiyozli shaxslar roʻyxatiga kiritilgan;
- muhtoj nogironlar reabilitatsiya texnik vositalarini oʻz mablagʻlari hisobiga sotib olgan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlanadi;
- banklar tomonidan bolalikdan I va II guruh nogironligi boʻlganlarga foizsiz taʼlim kreditlari beriladi;
- mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari, I va II guruh bolalikdan nogironlarga avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi;
- har oyda maʼlum miqordagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul taʼminlanadi;
- I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga maʼmuriy qamoqqa olish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas;
- I va II guruh nogironlariga taʼtil ularning xohishiga koʻra yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda beriladi;
Tibbiyot sohasida beriladigan ayrim imtiyozlar:
- barcha respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida bepul davolanadi;
- Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi;
- viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida bepul yordam olish huquqiga ega;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylariga bepul yoʻllanmalar olish huquqiga ega;
- xususiy tibbiyot muassasalarida (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari koʻrsatuvchi muassasalar bundan mustasno) bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega;
Zangiota tuman adliya
boʻlim boshligʻi Abduvali Eshonqulov