Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimidagi islohotlar


Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimidagi islohotlar

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining barqarorligini taʼminlash, shuningdek, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2020-yildagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida​”gi
PF-5978-son Farmoni imzolandi. Unga koʻra:

Iqtisodiyotni, tadbirkorlarni faol qoʻllab-quvvatlash boʻyicha

KREDIT IMTIYOZLARI:

- moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, YATTlarning kreditlari boʻyicha toʻlovlar 2020-yil 1-oktyabrga qadar uzaytiriladi;

- karantin rejimi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatgan qarzdorlarning muddati oʻtib ketgan kreditlariga garov taʼminoti boʻyicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari qoʻllanmaydi;

- tijorat banklari tomonidan kreditlar boʻyicha xisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi kechiktirish taqdim etilgan davrda foyda soligʻini xisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.

SOLIQ IMTIYOZLARI:

- karantin davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan YATTlarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliqni hisoblash toʻxtatiladi;

- yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi;

- ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 % miqdorida toʻlaydi;

2020-yil oxirigacha – spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz soligʻi, shuningdek, benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchilarga sotishdagi aksiz soligʻining amaldagi stavkalari saqlanib qoladi;

2020-yil 1-apreldan – yuridik shaxslar tomonidan gaz va elektr energiyasi boʻyicha oldindan haq toʻlash toʻgʻrisidagi majburiy talab 30%gacha kamaytiriladi.

 

 

Zangiota tuman adliya

boʻlimi yetakchi maslahatchisi                                               Sh.Samiyev