Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Huquqiy jamiyatda saylovning ahamiyati


Huquqiy jamiyatda saylovning ahamiyati

Saylov - bu fuqarolarning saylov kampaniyasida ishtirok etish yoʻli bilan saylash va saylanish huquqini amalga oshirish shaklidir.

Saylov xalq hokimiyatchiligining muhim belgisi, yaʼni fuqarolar davlat hokimiyatiga davriylik asosida oʻz munosabatini bildirishining alohida vositasidir.

Oʻzbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksi fuqarolik jamiyati institutlarining saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishdagi rolini sezilarli darajada kuchaytirdi.

Yangi Saylov kodeksiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali oʻtkazilishi, saylov ochiq va oshkora oʻtkazilishi belgilangan.

Prezidentlikka va deputatlikka saylovlar vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabrning uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi. (Ilgari dekabrda edi)

Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.

Chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalarida saylovchilarning roʻyxati muassasa boshliqlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tuziladi

Tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlardagi fuqarolarni roʻyxat bilan tanishish usuli, joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Chet eldagi fuqarolar oʻzlarini roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida saylovdan 15 kun oldin yozma diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzuridagi uchastka saylov komissiyalariga yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

Oʻzbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyalari:

fuqarolarning murojaatida koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlarni tekshiradi va roʻyxatga kiritish haqidagi masalani hal qiladi;

roʻyxatga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.

Chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarda ovoz berish saylov kuni mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi

Tashqi ishlar vazirligi roʻyxatdagi fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.

 

Zangiota tuman adliya

boʻlimi boshligʻi                                           Abduvali Eshonqulov