Янгиликлар
Qonunlarga befarq boʻlmang !
Qonunlarga befarq boʻlmang !
Hozirgi kunda dunyoda 200 dan ziyod (aslini olganda aniq sonini aniqlash imkonsiz) davlat bor. Bu davlatlarda yashovchi insonlarning hayotini, turmush-tarzini tartibga solishda qonunlarning oʻrni beqiyos.
Qonun - bu davlat hokimiyatining maxsus vakolatli organi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingan hujjat boʻlib, unda subʻektlar oʻz faoliyati jarayonida munosabatlarni tartibga soluvchi normalar va qoidalar mavjud. Jamiyat aʻzolarining oʻzlari va davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlaridan kelib chiqadigan eng muhim munosabatlarni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat. Qonunlarsiz har qanday ijtimoiy munosabatlar tartibsiz holga keladi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach qonunchilik amaliyoti sohasida katta ishlar amalga oshirildi. Deyarli har bir sohada yangi va zamon talabiga mos qonunlar qabul qilindi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Qonunlar fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga va aholi oʻrtasida tartibni saqlashga yordam beradi.
Ammo bugungi kunda jamiyatda qonunlarga befarqlik holati kuzatilmoqda. Bu fuqarolarimizning huquqiy ongiga tasir etmay qolmaydi. Bunda qoidalarni buzish odatiy holga aylanadi. Buning oldini olish uchun albatda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jamiyatimiz aʻzolari oʻz huquqlarini bilsa va qoidalarga amal qilib yashasab shubhasiz koʻpgina tartibsizliklarning oldi olingan boʻlardi. Misol tariqasida yoʻl harakati qoidalarini olsak: transport vositalarini haydovchi shaxslar qizil chiroq belgisida toʻxtashi kerak degan qoida hammaga maʻlum. Agar shu qoida buzilsa katta ehtimol bilan piyoda harakatlanib kelayotgan yoʻlovchilarga jabr boʻladi. Koʻpkina hollarda qonunlarni buzilish holatiga qattiq jazo qoʻllash orqali chek qoʻyiladi. Bu jamiyatimiz aʻzolarining noroziligiga sabab boʻlsada zarur hisoblanadi. Chunki har qanday qoidabuzarlikka jazo muqarrar. Shunday ekan qonunlarga befarq boʻlmaslik, qonunlarning ustuvorligini taminlashimiz lozim.
Barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi qonun ustuvorligi hisoblanadi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar"[1].
Respublikamiz fuqarolaridan qonunlarga befarq boʻlmaslikka chorlab, qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun ulardan oʻz fikrlarini bildirishlarini soʻramoqda. Bu orqali Respublikamiz nafaqat qonunlarni xalqona boʻlishini taminlaydi balki jamiyatning qonunlarga boʻlgan eʻtiborini kuchaytiradi.
Oʻrta Chirchiq tuman
Yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi A.A.Mirzayev
[1] https://uz.wikipedia.org/wiki/Qonun_ustuvorligi