Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Koʻchmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga oʻtkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi


Koʻchmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga oʻtkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi 

Qonun (OʻRQ–808, 06.12.2022-y.) bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, endilikda davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

·         Koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

·         Agar koʻchmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan boʻlsa, BHMning 1 baravari (ilgari koʻchmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha);

·         Agar koʻchmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan boʻlsa, BHMning 50 foizi (ilgari koʻchmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 50 foizidan 1,5 baravarigacha).

·         Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga oʻzgartishlar kiritganlik uchun:

·         Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – BHMning 10 foizi (ilgari BHMning 25 foizi);

·         Jismoniy shaxslar uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi);

·         Yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa – BHMning 50 foizi (ilgari BHMning 1 baravari).

·         Mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun –  BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi).

·         Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

·         Jismoniy shaxslar uchun – BHMning 1 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha);

·         yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa – BHMning 2 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha).

·         qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 25 foizidan 1 baravarigacha).

·         Avtomototransportni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

·         Avtomototransport vositalari uchun – BHMning 3 baravari (ilgari transport vositasi dvigatelining quvvati, yaʼni ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan 10 baravarigacha);

·         bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun – BHMning 25 foizi (ilgari ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 10 foizidan 50 foizigacha).

·         Avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

·         mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa- singillariga, jiyanlariga – BHMning 50 foizi;

·         boshqa shaxslarga – BHMning 2 baravari (ilgari BHMning 3 baravari).

Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Javlonbek Turaev

O`rta Chirchiq tuman adliya bo`limi

bosh maslahatchisi