Янгиликлар
Pedagoglarning faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:
Pedagoglarning faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra pedagoglarning faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish
fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha);
mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Pedagoglar, ularning faoliyatiga va xizmat vazifalariga aralashilganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmaganda ham, oʻz arizasida huquqbuzarning shaxsi, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Qo`ziyev Shohruhmirzo Olim o`g'li
O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi
yetakchi maslahatchisi