Янгиликлар
MCHJning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilinadi.
MCHJning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilinadi.
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezidentning 08.11.2022-yildagi 415-sonli qaroriga koʻra, 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:
quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
masʼuliyati cheklangan jamiyatlar;
aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan koʻp aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
MCHJning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
MCHJning vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
MCHJda zaxira jamgʻarmasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish toʻxtatiladi.
2023-yil 1-apreldan:
➖MCHJ ustav fondiga qoʻshiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan koʻp pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas;
➖yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga oʻtgan hisoblanadi.
2023-yil 1-iyuldan xoʻjalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda toʻlovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da eʼlon qilinadi.
Qo`ziyev Shohruhmirzo Olim o`g'li
O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi
yetakchi maslahatchisi