Янгиликлар
YOʻL-TRANSPORT HODISASI YUZ BERGAN JOYDAN QOCHIB KETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK.
YOʻL-TRANSPORT HODISASI YUZ BERGAN JOYDAN QOCHIB KETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK.
SAVOL!;
“Avariya” sodir qilib oʻsha joydan qochib ketgan shaxsga qanday chora koʻriladi
JAVOB!;
MJTKning 137-moddasiga koʻra, yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari (4 500 000 soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yoʻl-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Usmonov