Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tibbiyot yoʻnalishi bitiruvchilari toʻliq stavkagacha ishlashi mumkin


Tibbiyot yoʻnalishi bitiruvchilari toʻliq stavkagacha ishlashi mumkin

03.10.2022-yil kuni 561-son Hukumat qarori qabul qilingan.

Qarorga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida joriy oʻquv yilida:

- barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishlari bitiruvchi kurslariga toʻliq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya boʻlimlarida shifokor sifatida;

- barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari boʻyicha toʻliq stavkagacha ishlashi mumkin.

"Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishlari boʻyicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashgʻulotlarning nazariy qismini masofaviy oʻzlashtiradi.

Sogʻliqlni saqlash vazirligi shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi va bosqichma-bosqich barcha hududlarda talabalarni vakant oʻrinlarga ishga joylashtiradi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi B.Fozilbekov