Янгиликлар
SUBSIDIYA ORQALI UY OLMOQCHI BOʻLGAN OILALARNING OYLIK DAROMADI QANCHA BOʻLISHI KERAK?
SUBSIDIYA ORQALI UY OLMOQCHI BOʻLGAN OILALARNING OYLIK DAROMADI QANCHA BOʻLISHI KERAK?
SAVOL!;
Men subsidiya bilan uy-joy sotib olmoqchi edim. Subsidiya orqali uy olish uchun oilaning oylik daromadi qancha boʻlishi kerak?
JAVOB!;
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, talabgor shaxs yoki oilaning qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlari miqdori:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,7 baravari (2 484 000 soʻm)dan 8 baravari (7 360 000 soʻm)gacha;
Toshkent shahrida 2,7 baravari (2 484 000 soʻm)dan 9,2 baravari (8 464 000 soʻm)gacha boʻlishi talab etiladi.
Xulosa shu boʻladiki, subsidiya orqali uy olmoqchi boʻlgan shaxs yoki oila qaysi hududda yashashidan qatʼiy nazar, ularning daromadi bir oyda eng kamida yuqoridagi 2 484 000 soʻmdan kam boʻlsa, bu subsidiyaga harakat qilishning foydasi yoʻq degandek gap.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Abduvaliyev