Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi


Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022-yil kuni 601-son “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

Qaror koʻra, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagilar belgilandi:

 subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorlari chiqariladi;

 subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli boʻlimlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan koʻrib chiqish tartibi bekor qilinadi;

 mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;

 2021-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi B.Jumaboyev