Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

SIZNI AVTOMASHINANGIZNI KIMLAR ISHONCHNOMASIZ BOSHQARISHI MUMKIN


SIZNI AVTOMASHINANGIZNI KIMLAR ISHONCHNOMASIZ BOSHQARISHI MUMKIN

 

SAVOL!;

Meni avtomashinamni amakimni oʻgʻli boshqarishi uchun men unga ishonchnoma berishim shartmi ?

 

JAVOB!;

Prezidentning 09.09.2019-yildagi PF-5816-son Farmoniga koʻra, 2019-yil 1-oktyabrdan — transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) oʻrtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish toʻgʻrisidagi ishonchnomani talab qilish bekor qilingan.

Yuqoridagi asos boʻyicha, amakingizni oʻgʻli Sizni yaqin qarindoshlaringiz toifasiga kiritilmaydi. Shu sababli u Sizni avtomashinangizni boshqarishi uchun unga Siz ishonchnoma berishingiz kerak boʻladi. Yaqin qarindoshlaringiz avtomashinangizni boshqarishi uchun esa ularni FIOsi sugʻurta polisingizda koʻrsatilsa boʻldi. Ularga alohida ishonchnoma berishingiz shart emas.

Yaqin qarindoshlardan tashqari har qanday qarindoshlar masalan, ammani oʻgʻli, xolani oʻgʻli, togʻani oʻgʻillari va qizlari xam, xattoki oʻzlari xam, Sizni avtomashinangizni boshqarishi uchun Siz ularga alohida ishonchnoma berishingiz talab etiladi.

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi F.Nazarov