Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Taʼlim krediti olish uchun kerak boʻladigan hujjatlar


Taʼlim krediti olish uchun kerak boʻladigan hujjatlar

 

Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021-yildagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 

 taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi ariza;

 

 talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi toʻlov-kontrakt shartnomasi. (Shartnomada oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim)

 

 taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. ("Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi)

 

 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun oʻsha reyestrga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma

 

 Yuqoridagi reyestrga kirmaydiganlar uchun birgalikda kredit oluvchi (kafil)ga tegishli maʼlumot.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi boshlig’i I.Xatamov