Янгиликлар
“YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISH SOHASIDAGI HUQUQIY ISLOHOTLAR TO‘G‘RISIDA
“YASHIL” IQTISODIYOTGA O‘TISH SOHASIDAGI HUQUQIY ISLOHOTLAR TO‘G‘RISIDA
Yashil iqtisodiyot deganda, odamlar va tabiat o'rtasidagi uyg'un iqtisodiy o'zaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvni ishlab chiqishga qaratilgan iqtisodiy intizom tushuniladi.
Yuritimizda yashil iqtisodiyotga o’tish bo’yicha bugungi kunda ko’plab huquqiy islohotlar malga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha o‘zbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-436-son aynan sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Qarorga asosan 2030-yilga qadar quyidagi strategik maqsadlarga mo’ljallangan O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash dasturi qabul qilindi.
Xususan, issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish va boshqalar.
Bundan tashqari qaror bilan sanoat tarmoqlarida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va energiya tejamkorligini ta’minlash bo‘yicha konsepsiya hamda 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi qabul qilindi.
Shuningdek, qarorning 4-bandi “a” kichik bandiga ko’ra 2023-yil 1-iyundan boshlab mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida “yashil sertifikatlar” tizimi joriy etilishi belgilandi.
Mazkur ko’rilayotgan chora-tadbirlar atrof-muhit hamda sanoat uyg’unlashuviga, pirovard natijada aholining qulay turmush shsaroitlarini ta’minlashga xizmat qilishi shubxasiz.
Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshyuriskonsulti D.Turdaliyev