Янгиликлар
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, xalqaro imtihon tizimlari bo‘yichayuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiining 2021-yil 13-apreldagi “Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 209-sonli Qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga koʻra imtihon turlaridan mazkur qaror kuchga kirgandan so‘ng yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2021-yil 1-maydan boshlab imtihondan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab (shu jumladan, ushbu sanaga qadar topshirilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga) ushbu qarorda belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi boʻyicha mazkur qaror asosida Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning Ma’muriy Reglament qabul qilindi. Ushbu Reglament xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Ushbu qarorga asosan, imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab beruvchi tashkilot bu Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi hisoblanadi.
Imtihon bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
Ø davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan so‘rovnomani to‘ldirib Yoshlar ishlari agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) yuboradi;
Ø O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik):
Ø maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi yoki maxsus sertifikatning haqiqiyligini mas’ul vakolatli xorijiy tashkilot orqali tasdiqlatib oladi;
Ø haqiqiyligi tasdiqlangan maxsus sertifikat egasi bo‘lgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni va unga muvofiq kompensatsiya mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi o‘rinlarda — Xalq banki) hisobvarag‘iga o‘tkazadi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
Ø v) Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda uning xohishiga ko‘ra ushbu kompensatsiyaning naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lanishini amalga oshiradi. Bunda ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Davlat xizmatlari markazlari, Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatish tartibi. Ariza beruvchi istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
v imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi (pdf formatda);
v maxsus sertifikat (pdf formatda).
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning xaqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.
Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.
Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.
Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni bo‘lmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga mas’ul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini so‘rab so‘rov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mas’ul vakolatli tashkilotga yuborilgan so‘rovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, maxsus sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda SMS yuborish orqali ariza beruvchini xabardor qiladi. Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi mas’ul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat o‘tib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat etmasdan unga kompensatsiya to‘lab beriladi. Muqaddam imtihonlarning bir turi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchiga imtihonlarning aynan shu turi bo‘yicha takroran topshirilgan imtihon xarajati qoplanmaydi. Muqaddam imtihonlarning bir turi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchi imtihonlarning boshqa turi bo‘yicha minimal ko‘rsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga ushbu Reglament talablariga muvofiq kompensatsiya to‘lab beriladi. O‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolarning imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni so‘rab ushbu fuqarolarning qonuniy vakillari murojaat qilishlari mumkin. Bunda kompensatsiya ushbu Reglament talablariga muvofiq o‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolarning qonuniy vakillariga to‘lab beriladi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan sanadan boshlab 180 kun mobaynida Xalq bankining tegishli filialidan ariza beruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablag‘lar Xalq bankining tegishli filiali tomonidan bunday ariza beruvchilarning ro‘yxatini ilova qilgan holda Yoshlar ishlari agentligiga qaytariladi. Vakolatli organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Parkent tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi Turgʻunov Ixtiyorbek Ortigʻali oʻgʻli