Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

SUG'URTA POLISLARINI RO'YXATGA OLUVCHI VA ULARNING AYLANMASINI NAZORAT QILUVCHI YAGONA AXBOROT TIZIMI JORIY ETILADI


SUG'URTA POLISLARINI RO'YXATGA OLUVCHI VA ULARNING AYLANMASINI NAZORAT QILUVCHI YAGONA AXBOROT

TIZIMI JORIY ETILADI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-dekabrdagi “Elektron turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 694-sonli qarori qabul qilindi. Hukumatning ushbu qarorini qabul qilishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5265-son qarori ijrosini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu Qaror bilan Elektron turdagi sug'urta xizmatlarini ko'rsatish tartibi to'g'risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra:

- Sug'urtaning barcha turlari (klasslari) elektron shaklda sotiladi va rasmiylashtiriladi hamda ularning haqiqiyligini tekshirish sug'urta qildiruvchi va sug'urtalovchi o'rtasida ma'lumotlar almashinuvi yo'li bilan sug'urta tashkilotining axborot tizimida va internet resursida amalga oshiriladi;

- sug'urta shartnomasini tuzish uchun sug'urta tashkilotining axborot tizimi orqali ariza beriladi va tegishli ma'lumotlar avtomatik tarzda to'ldiriladi;

- sug'urta polislari ro'yxatga olinib, ularning aylanmasi bo'yicha monitoring olib boriladi.

Sug'urta shartnomasi Yagona axborot tizimida ro'yxatga olish va sug'urta polisiga noyob raqam berish orqali tuziladi.

2022-yil 31-dekabrgacha barcha sug'urta polislarini ro'yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi hamda barcha sug'urta kompaniyalarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

2023-yil 1-martgacha ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilishini hamda ko'rib chiqilishini amalga oshirish bo'yicha yagona mobil ilova ishga tushiriladi.

2023-yil 1-iyulgacha yagona mobil ilova orqali boshqa majburiy va ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha sug'urta da'volariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilishi hamda ko'rib chiqilishi amaliyotga joriy etiladi.

Shuningdek, 2023-yil 1-iyulgacha “Qishloq xo'jaligi tavakkalchiliklarini sug'urtalash to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Parkent tumani adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti Tojiboyev

Diyorjon Pardaboy o’g’li