Янгиликлар
Yillik asosiy taʼtilni olish huquqini beradigan ish stajini qanday xisoblanadi
Yillik asosiy taʼtilni olish huquqini beradigan ish stajini qanday xisoblanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 142-moddasiga muvofiq yillik asosiy taʼtilni olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiradi:
ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;
xodim haqiqatda ishlamagan boʻlsa ham, lekin uning ish joyi (lavozimi) saqlangan vaqt, bundan bolani parvarishlash uchun qisman haq toʻlanadigan taʼtil va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan koʻp boʻlgan taʼtillar mustasno;
mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki xodim gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilganligi natijasida qilingan haq toʻlanadigan majburiy progul vaqti, basharti xodim keyinchalik avvalgi ishiga tiklangan boʻlsa;
tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalari va korxonaning oʻzga lokal hujjatlari, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa davrlar.
Jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida, mehnat shartnomasida xususan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan koʻp boʻlgan taʼtil vaqtini ham yillik asosiy taʼtilni olish huquqini beradigan mehnat stajiga qoʻshish nazarda tutilishi mumkin.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda yillik qoʻshimcha taʼtillarni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarishning alohida qoidalari nazarda tutilishi mumkin.
Parkent tumani Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
Bosh yuristkonsulti M.M.Payziyev.