Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 04.11.2003 yilda “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 04.11.2003 yilda “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi 482-son qarori qabul qilingan.

 

Qonunchilikka ko‘ra, avtobusda quyidagilar taqiqlanadi:

- yo‘lovchilarning mast holda yurishi;

- alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;

- haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;

- oynadan tashqariga osilish;

- tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘q otar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish;

- o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;

- salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish.

 

Parkent tumani

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                G.Roxmonqulov