Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 11.04.2022-yilda imzolangan OʻRQ–762-son Qonuni bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga a


Sud hujjatlarini ijro etishga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 11.04.2022-yilda imzolangan OʻRQ–762-son Qonuni bilan sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun maʻmuriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.

- Unga koʻra, mazkur harakatlar maʻmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

- Shuningdek, yirik bitimlar tuzishda, moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatishda, xalqaro yoʻlovchi tashish va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik borligini tekshirmaslik ham maʻmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

-Qonun bilan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi belgilandi. Unga koʻra, soddalashtirilgan tartibda undiruv qarzdorning mol-mulkiga (pul mustasno) qaratilmaydi va qarzdorga javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.

- Soddalashtirilgan tartibda undiruv bankdagi pulga, MHTEKMdan (822 ming soʻmdan) koʻp boʻlmagan summani undirish uchun esa ish haqiga, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlarga qaratiladi.

 

Parkent tumani

adliya boʻlimi boshligʻi                                                G.Roxmonqulov