Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2022 yildagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–201-son qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.04.2022 yildagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–201-son qarori qabul qilindi
- Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
- Xususan, oilaviy sport rag‘batlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.
- 2022 yildan har yili 30 iyun – O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi.
-1-bosqichda – ko‘chalararo mahalla musobaqalari;
-2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;
-3-bosqichda – sektor musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
-4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari g‘olib mahalla jamoalari o‘rtasida viloyat musobaqalari;
-5-bosqichda – viloyat musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida respublika (final) musobaqalari.
Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladi.
- 2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari o‘tkaziladi.
- Yuqoridagi musobaqalar g‘oliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi:
-tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;
-viloyat bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
-respublika (final) bosqichida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.
Parkent tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov