Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 14.10.2022-yilda “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to


Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtirildi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 14.10.2022-yilda “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 601-sonli qarori qabul qilindi

 

- Qaror bilan, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagilar belgilandi:

 

-subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi va aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorlari chiqariladi;

 

-subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli boʻlimlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan koʻrib chiqish tartibi bekor qilinadi;

 

-bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya iydem oʻz (subsidiya.idm.uz) dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;

 

Shu bilan birga;

-subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:

 

- yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;

-olis va chekka hududlardagi byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.

 

Bundan tashqari:                

- 2022-yil 1-noyabrga qadar Leyber megreyshen (“Labor - migration”) dasturi va Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi portali subsidiya iydem oʻz (subsidiya.idm.uz) dasturiy taʼminotiga integratsiya qilinadi.

 

- Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka krediti ajratishda qarz oluvchilarga qarz yukining eng yuqori chegarasi hamda subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi.

 

- 2022-yil 1-noyabrga qadar 2020-2022-yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash boʻyicha toʻlanmay qolgan subsidiyalarni toʻliq toʻlash choralari koʻriladi.

 

- 2021-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish toʻgʻrisida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.