Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi


Tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.12.2022-yilda “Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 440-son qarori qabul qilindi

Qarorga koʻra:

- 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martgacha import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻi “nol” stavkada qoʻllaniladi.

- 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelgacha Prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlarni ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari boʻyicha tekshirishga ruxsat berildi.

- Tekshiruvlar natijalari boʻyicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yoʻqotishlariga va talon-tarojliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jazo choralarini qoʻllash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritiladi.