Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Nogironlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 21.06.2022-yildagi 341-son qarori bilan nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼm


Nogironlarning repetitor xarajatlari qoplab beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 21.06.2022-yildagi 341-son qarori bilan nogironligi boʻlgan yoshlarga oʻqish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan.

- Reglamentga koʻra, nogiron yoshlarga nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln soʻmgacha) subsidiya ajratiladi.

- Subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinadi yoki YAIDXP (https://my.gov.uz/uz) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtiladi.

- Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

- oʻqish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

- ariza bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;

- nodavlat taʼlim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini oʻqitish toʻgʻrisida shartnomaning elektron nusxasi;

- yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

- yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;

- ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi.

- Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.

- Ariza 3 ish kunida koʻrib chiqilib:

- subsidiya ajratish haqida elektron tizimga maʼlumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi;

- nodavlat taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat taʼlim tashkilotida oʻqishini joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasi yuklatiladi.

- Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchilarga oid maʼlumotlar sir saqlanadi.

- Hukumat qarori bilan shuningdek, nogironligi boʻlgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning maʼmuriy reglamenti ham tasdiqlandi.

Parkent tumani

adliya boʻlimi boshligʻi                                             G.Roxmonqulov