Янгиликлар
Jinoyat uchun jazo muqarar
Jinoyat uchun jazo muqarar
Oʻzbekiston Respublikasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga asosan Adliya organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlaridan biri sifatida, aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatni amalga oshirish kirishligi belgilangan.
Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimining tegishli maʼlumotlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi BIS, jamiyat uchun ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanmasdan, jinoyat sodir etish yoʻliga kirib, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi oʻzboshimchalik, yaʼni haqiqiy yoki faraz qilingan huquqlarni oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish davlat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlishda ifodalangan jinoyatlarini quyidagi vaqt, usul va holatda qasddan sodir etgan.
Jumladan, u Bekobod tumanida yashab kelib, oʻzboshimchalik bilan qonun bilan qoʻriqlanadigan davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazib, Bekobod tuman hokimining tegishli qarori bilan fermer xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi xaritasining tegishli konturlardan paxta-gʻalla va sholichilik yoʻnalishida 119,2 gektar ajratilib, tuman hokimining 03.12.2020-yildagi tegishli qarori bilan fermer xoʻjaligiga ajratilgan barcha yer maydonlari tuman hokimligi zahira fondiga qaytarib olingan boʻlishiga qarmasdan, 2021-yil tahminan yanvar oyi boshlarida qishloq xoʻjaligi xaritasining bir qator konturlaridagi 50 ball bonitetli sugʻoriladigan 3,90 gektar yer maydonini oʻzboshimchalik xech qanday tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan va tuman xokimining yer ajratish haqidagi qarorlarisiz kovlab, baliq boqib kelgan.
Toshkent viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi tomonidan berilgan 14.09.2021-yildagi maʼlumotnomaga koʻra, BISning harakatlari oqibatida davlat manfaatlariga jami boʻlib 2 mlrd 400 mln 852 ming
61 soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Yuqoridagilarni koʻrib chiqib shuni aytishimiz mumkunki jinoyat uchun jazo muqarar, shu sababdan ham fuqarolarimizdan qonun hujjatlarida belgilangan oʻz haq huquqlarini bilishlarini hamda, oʻz navbatida jamiyatda barcha uchun amal qilinishi majburiy boʻlgan qonun hujjtlariga ogʻishmay rioya qilishlarini soʻrab qolgan boʻlar edik.
Mualiflar:
Bekobod tuman adliya boʻlimi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslaxatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich
Bekobod tumani IIB xuzuridagi Tergov bulimi tergovchisi kapitan Sulaymonov Shaxobiddin Alimuxamadovich