Янгиликлар
OʻZBEKISTON MHXSNING 60 DAN ZIYOD STANDARTLARI VA SHARHLARINI TAN OLDI
OʻZBEKISTON MHXSNING 60 DAN ZIYOD STANDARTLARI VA SHARHLARINI TAN OLDI
Moliya vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (09.12.2022 yilda roʻyхatga olingan, roʻyхat raqami 3400).
Ma’lumot uchun: Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari (MHXS) moliya hisobotlarini taqdim etishdagi tafovutlarni bartaraf etishga, kompaniyalar, shu jumladan jahon miqiyosidagi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning sifatini oshirishga qaratilgan standartlar majmui. Oʻzbekiston MHXSga bosqichma-bosqich oʻtib kelmoqda.
Hujjatga muvofiq Oʻzbekiston hududida 60 dan ziyod MHXS va ularga tushuntirishlar matni qoʻllaniladi. Standartlarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyating ayrim yoʻnalishlari boʻyicha hisob yuritish va hisobotni shakllantirish boʻyicha qoidalar mujassamlashgan.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Xusniddin Saypiyev