Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

ILMIY DARAJALI TIBBIYOT ХODIMLARIGA QOʻSHIMCHA HAQ TOʻLASH TARTIBI BELGILANDI


ILMIY DARAJALI TIBBIYOT ХODIMLARIGA QOʻSHIMCHA HAQ TOʻLASH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 09.12.2022 yildagi “Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan хodimlariga har oylik qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 699-son qarori qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining хodimlariga fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60 foizigacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim  maoshining 30 foizigacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan.

 

Nizomga muvofiq:

·         har oylik qoʻshimcha haq хodimning asosiy ish joyi boʻyicha toʻlanadi;

·         qoʻshimcha haq miqdori joriy yildagi natijalardan kelib chiqib keyingi yil uchun belgilanadi;

·         qoʻshimcha haq miqdori хodimning lavozimidan kelib chiqib belgilanadi;

·         qoʻshimcha haq toʻlanishi uchun хodim har yili 15 dekabrga qadar rahbariyatiga ariza va tegishli hujjatlarni ilova qilishi lozim;

·         muassasa rahbari kelib tushgan arizani 10 kun ichida koʻrib chiqib, keyingi yilda qoʻshimcha haq toʻlash haqida buyruq qabul qiladi.

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Yodgor Yunusov