Янгиликлар
BENZIN NARХINI BARQARORLASHTIRISH BOʻYICHA CHORALAR TASDIQLANDI
BENZIN NARХINI BARQARORLASHTIRISH BOʻYICHA CHORALAR TASDIQLANDI
Prezident tomonidan 12.12.2022-yildagi “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narхlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi.
Hujjatga muvofiq:
· 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz soligʻi “nol” stavkada qoʻllaniladi;
· 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan Biznes-ombudsman bilan kelishmasdan tadbirkorlik sub’yektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari boʻyicha tekshirishga ruхsat berilmoqda;
· qazib oluvchi (gazni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi) tashkilotlar tomonidan neft va gaz kondensatini ichki bozorda ishlab chiqaruvchilarga faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilish talabi bekor qilinmoqda.
Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Jaxongir Mirxaitov