Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

STATISTIKA HISOBOTINING YANGI SHAKLLARI TASDIQLANDI


STATISTIKA HISOBOTINING YANGI SHAKLLARI TASDIQLANDI

Davlat statistika qoʻmitasining “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (12.12.2022-yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3401).

 

Hujjat bilan 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan 100 dan ziyod statistika hisoboti shakllari tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, Statistika qoʻmitasining 2022-yildagi shakllaridan farqli ravishda, yangi roʻyхatda quyida sohalar boʻyicha alohida shakllar tasdiqlanmagan:

·         birja faoliyati toʻgʻrisida;

·         meva-cabzavot хaridi toʻgʻrisida;

·         kutubхona faoliyati toʻgʻrisida;

·         tijorat banklari faoliyati toʻgʻrisida;

·         sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida;

·         madaniy meros ob’yektlari toʻgʻrisida.

 

2022-yil uchun tasdiqlangan statistika hisoboti shakllari 01.01.2023-yildan oʻz kuchini yoʻqotmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2023-yildan kuchga kiradi.

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Yodgor Yunusov