Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bilib_qoʻygan_yaxshi


Farzandlikka olish va bekor qilish tartibi

Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.

Farzandlikka olishi mumkin boʻlmagan shaxslar:

Muhim!

Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq 15 yoshdan kam boʻlmasligi shart (oʻgay ota va oʻgay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno).

Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega boʻlgan shaxslar

Farzandlikka olinayotgan bolaning farzandlikka olinishiga roziligi

Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi

Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari

Farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinadi.

Farzandlikka olishga oid maʼlumotlarni farzandlikka oluvchilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan boʻlsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.

Farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qoʻriqlanadigan sirini oshkor qilish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olish mazkur bola doimiy yashayotgan davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola yetim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi boʻlgan yoki oʻz vatanida turli sabablarga koʻra farzandlikka olinishi mumkin boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning Oʻzbekistonga kirishi va Oʻzbekistonda doimiy yashashi uchun Oʻzbekiston vakolatli organining (ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari) ruxsatnomasi talab qilinadi.

Farzandlikka olish agar farzandlikka oluvchilar

Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yoʻl qoʻyiladi.

Ichki ishlar organlariga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga oʻting.

Prokuratura organlariga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga oʻting.

Sudga murojaat qilish tartibi bilan havolada tanishing.

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti Mashrab SHUKUROV