Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bilib_qoʻygan_yaxshi


Noqonuniy qurilish

Bosh prokuratura tomonidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida “YER NAZORATI” maxsus telegram-bot dasturi ishga tushirildi.

@YerNazoratBot xizmati orqali fuqarolar oʻzlari yashaydigan hududlarda qishloq xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi boʻlmagan yerlardan foydalanishda qonun buzilishi holatlari toʻgʻrisida tezkor xabar berishlari mumkin. Murojaat berishda foydalanuvchilar telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtishlari va hududlarini koʻrsatishlari kerak.

Hozir 3 turdagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar berish mumkin: yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish hamda yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish. Bosh prokuratura tomonidan belgilab qoʻyilishicha, ariza beruvchining shaxsi sir saqlanashi taʼminlanadi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish mumkin.

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi Farxod Abdixakimov