Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bilib_qoʻygan_yaxshi


Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar

Savol: Fuqaro M. xususiy tashkilotda ishlaydi va bir yoshga toʻlgan emizikli farzandi bor, har safar bolasini ovqatlantirish uchun tanaffus surab korxona direktoriga murojaat kilganida, xar safar rad javobi oladi. Shu munosabat bilan, u haqiqatan ham qonunchilik darajasida bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar uchun ruxsat bor yoki yoʻqligini soʻradi?

Javob: Ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qoʻshimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda bir marta har biri oʻttiz minutdan kam boʻlmagan muddat bilan beriladi. Ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi boʻlgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi.

Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va oʻrtacha oylik ish haqi hisobi boʻyicha haq toʻlanadi.

Bolasi bor ayolning xohishiga koʻra, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qoʻshib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining (ish smenasining) boshiga yoki oxiriga koʻchirilib, ish kuni (ish smenasi) shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

Bu tanaffuslarning aniq muddati va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, — ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilab qoʻyiladi.

Bo‘stonliq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Yodgor Yunusov