Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bilib_qoʻygan_yaxshi


Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi

Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordamning quyidagi turlari koʻrsatiladi

Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam

Nogironligi boʻlgan, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish qobiliyatini qisman yoki toʻliq yoʻqotgan va oʻzgalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga ularning uyida hamda vakolatli davlat organlarining ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatiladi. Bu muassasalarda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish bilan bir qatorda hayot faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar taʼminlanadi, tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, shuningdek mehnat faoliyati va dam olish tashkil etiladi.

Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan nogironligi boʻlgan shaxslar tibbiy koʻrsatmalarga binoan ish beruvchining (tashkilotning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar) mablagʻlari hisobidan reabilitatsiya qilishning texnik va maxsus transport vositalari bilan taʼminlanadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi boʻlgan shaxslarga mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar belgilash huquqiga ega.

Nogironligi boʻlgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirish, shuningdek dori vositalari, nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish huquqiga ega.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning sanatoriy-kurortda sogʻlomlashtirilishini taʼminlash tartibi hamda dori vositalarining, nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti Muzaffar Turmatov