Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

TOVLAMAChILIK VA FIRIBGARLIK JINOYaTLARINING TUShUNChASI VA ULARNING BIR BIRIDAN FARQI


TOVLAMAChILIK VA FIRIBGARLIK JINOYaTLARINING TUShUNChASI VA ULARNING BIR BIRIDAN FARQI

Tovlamachilikning ob'ekti o‘zgalarning mol-mulki, mol-mulkka bo‘lgan huquqi, jabrlanuvchi bo‘lgan shaxslarning sog‘lig‘i, sha'ni va qadr-qimmatidir. 

           Mol-mulk, mol-mulkka bo‘lgan huquq, mulkiy yo‘sindagi harakatlar (muayyan ishning bajarilishi xizmat ko‘rsatish va h.k.) tovlamachilik jinoyatining predmeti bo‘lishi mumkin.

           Aybdor tovlamachilikni sodir etayotib mulkka bo‘lgan huquqni talab qilmay, o‘zganing mol-mulkidan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini talab qilishi ham mumkin. 

           Tovlamchilikning predmeti faqat o‘zganing mol-mulki yoki unga bo‘lgan huquqi bo‘lishi mumkin.

           Jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatib, uning mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobut qilish yoxud jabrlanuvchi sir saqlanishini xohlagan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib yoxud jabrlanuvchining manfaatlariga xavf soladigan vaziyatni vujudga keltirish yo‘li bilan shaxs jabrlanuvchini unda turgan (masalan qarzi, kreditga olgan, vaqtincha saqlanib turgan  va h.k) o‘zining mol-mulkini berishga majbur etganida u o‘zganing mulkini tovlamachilik yo‘li bilan talon-taroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Bunday qilmish, qonunda nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lsa, o‘zboshimchalik deb xisoblanadi.

Mulkiy o‘sindagi harakatlar deganda, haqi to‘lanishi lozim bo‘lgan har qanday ishlarni bajarishi yoki xizmatlar ko‘rsatish (imoratlar qurish, ularni ta'mirlash, avtomobilarni ta'mirlash, tovar-moddiy boyliklarini tashib berish va h.k.) tushuniladi.

Ob'ektiv tomondan tovlamchilik o‘zgadan mulkni yoki ulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilishdan iborat.

Quyidagilar:

1) jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish;

2) mulkka shkast yetkazish yoki uni nobud qilish bilan qo‘rqitish;

3) (jabrlanuvchi yoki uning yaqinlari uchun) sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitish;

4) jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish tovlamachilikni sodir etish hisoblanadi.

Tovlamachining talablari oqzaki, telefon, faks, xat orqali va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.

Talab deganda, tovlamachining jabrlanuvchidan mol-mulk yoki mol-mulkdan o‘z mulkidey foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni taqdim etishini talab qilishi tushuniladi. Mol-mulkni talab qilish, albatta, tovlamachilarning talabini rad etganlik uchun o‘ch olish maqsadida qo‘rqitish bilan birga sodir qilingan bo‘lishi kerak

Talablar pul olish, yerdan, do‘kondan, avtomabildan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish, tovlamachini sherik sifatida muntazam dividendlar va boshqa mulkiy manfaatlar olishi uchun kooperativ, korxona a'zolariga kiritib qo‘yish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 

Mulkiy manfaatlar berishni talab qilish deganda, jabrlanuvchining o‘z xizmat vakolatlariga ko‘ra u yoki bu shaxsga uning muhtojligiga qarab yoxud belgilangan qoidalar yoki normativ hujjatlarga binoan berish huquqiga ega bo‘lgan manfaatlari tushuniladi. Jumladan, tovar moddiy boyliklarini novbatsiz ajratish, qo‘shimcha to‘lovlarsiz tovar olish, o‘z korxonasidagi bo‘sh lavozimlarga tayinlash tushunilishi kerak.

Tovlamachilikni sodir etishda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish deganda urish, zarba berish, badanga yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir shikast yetkazish taxdidi bilan qo‘rqitish agar aybdorning talabi bajarilmasa, shunday zo‘rlik ishlatish xavfi mavjud bo‘lishi tushunilishi kerak. JK 165-moddasining dispozitsiyasida ularning hammasi ko‘rsatilgan va bunday qilmish sodir etilganida shaxsga qarshi jinoyatlar bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi.

Tovlamchilikdagi qo‘rqitishga quyidagi: birinchidin, o‘zida jabrlanuvchi yoki uning yaqin qarindoshlariga   nisbatan zo‘rlik ishlatish,  mulkka zarar yetkazish yoxud ular uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor qilish niyati bildirilgan bo‘lishi; ikkinchidan, taxdid rial, ya'ni agar jabrlanuvchi, tovlamachining talablarini bajarmasa taxdid amalga oshirilishi mumkinligidan xavotir bo‘lishi kerakligi kabi alomatlarga ega bo‘lishi lozim. Jabrlanuvchi tomonidan qo‘rqitishning xususiyati va jadalligi qanday qabul qilinganligi jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta'sir ko‘rsatmasliigi lozim.

Qilmishni tovlamachilik, deb kvalifikatsiya qilishda taxdidning kimga – bevosita mulk egasiga yoki jabrlanuvchiga yaqin kishilariga qaratilganligining ahmiyati yo‘q. 

Sub'ektiv tomondan tovlamachilik to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etishdan maqsad – (ta'magirlik)dir.

Qilmishning motivlari turlicha bo‘lishi mumkin, ammo ular jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyat kasb etmaydi. 

Jinoyatning sub'ekti 16 yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso shaxsdir.

FIRIBGARLIK

Ushbu jinoyatning obekti o‘zganing mulkidir.

Firibgarlikning predmeti o‘zganing mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqidir. Odatda mulkka bo‘lgan huquq, turli hil xujjatlarda mustaxkamlangan bo‘ladi. 

Ob'ektiv tomondan firibgarlik aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiy huquqini qo‘lga kiritishdan iborat.

Aldash deganda mol-mulk egasi yoki  mol-mulk   ishonib topshirilgan shaxsning o‘zi uni firibgarga ixtiyoriy ravishda, o‘z xohishi bilan berishi, jabrlanuvchini chalg‘itish uchun aybdor shaxs tomonidan har qanday faktni buzib ko‘rsatish yoki haqiqatni yashirish yoxud bila turib yolg‘on ma'lumotlarni xabar qilish tushuniladi.

Aldashning shakllari turlicha bo‘lib, uni qalbaki bilanklar, ishonchnoma, muxr, guvoxnoma kabilardan foydalanib amalga oshirish mumkin. 

Aybdor firibgarlikni sodir etishda soxta xujjatlardan foydalansa, uning qilmishi firibgarlik talabi bilan qamrab olinadi va u O‘zR JK 228-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi. Biroq, firibgarlik harakatlarini sodir etish maqsadida aybdor shaxsning o‘zi xujjatlar, shtamplar, muxrlar, blanklar tayyorlasa, ularni qalbakilashtirsa, uning qilmishlari jinoyatlar jami bo‘yicha O‘zR JK 168- va 228-moddalari (xujjatlar, shtamplar, muxrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Firibgarlikni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsning xokimiyat vakili formasini kiyib olish yoki uning guvoxnomasini qalbakilashtirish yo‘li bilan o‘zini boshqa shaxs qilib ko‘rsatishi va shu yo‘l bilan o‘zganing mulkni olishi mumkin. 

Xususiy shaxs tomonidan aldash yoki ishonchni suiste'mol qilib mablag‘, pensiya, nafaqa yoki boshqa tulovlarni qastdan qonunga xilof ravishda olishini firibgarlik deb kvalifikatsiya qilish kerak. 

Ishonchni suiste'mol qilish deganda, aybdor shaxs tomonidan o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda o‘z foydasiga olish uchun o‘zi va mulk egasi yoxud mulk egaligi ixtiyorida turgan shaxs o‘rtasidagi aloxida o‘zaro ishonchga asoslangna munosabatlardan qonunga xilof ravishda mulkni o‘z foydasiga olish uchun foylanilishi tushunilishi lozim. Ishonchga asolangan munsabatlar firibgan va jabrlanuvchi o‘rtasida prokat, ijara, oldi-sotdi topshiriq shartnomasi va h.k. larda vujudga kelishi mumkin. 

Firibgar niyatiga erishishi uchun qarindoshchilik, do‘stlik munosabatlaridan ham foydalanishi mumkin. 

Sud tergov amaliyotini o‘rganish firibgarlik ko‘proq ijara shartnomasini tuzish orqali sodir etilishini ko‘rsatadi. Shaxsda ijara shartnomasini tegishlicha rasmiylashtirgani hoda ijara olingan narsani qaytarish niyati bo‘lmaydi; zayom shartnomasini  rasmiylashtirishda aybdor oldindan zayom narsani qaytarmaslik niyatida bo‘lib shartnoma tuzadi; oldi-sotdi shartnomasi tuzish va oldindan to‘lanadigan haqni olishda aybdor shartnomada ko‘rsatilgan tavarni berish niyatida bo‘lmaydi; qaytarib berish niyatisiz narsalarni olish eng ko‘p tarqalgan usullardan xisoblanadi. 

Firibgarlik o‘zganing mulki qo‘lga kiritilgan va aybdorga o‘z ixtiyoriga ko‘ra talon-taroj qlingan mulkni tasarruf etish imkoniyati paydo bo‘lgan paytdan bshlab tamom bo‘lgan jinoyat xisoblanadi. 

Agar shaxs aldash yoki ishonchni suiste'mol qilish yo‘li bilan aqli noraso shaxsning yoxud o‘ziga nisbatan sodir etilgan harakatlarning xususiyatini tushunmaydigan yosh bolanin mulkini qo‘lga kiritib olsa, aybdor firibgarlik uchun emas, balki o‘g‘irlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak. 

Sub'ektiv tomonlar firibgarlik to‘g‘ri qastdan g‘araz maqsadda sodir etiladi, tamagirlik maqsadining mavjudligi firibgarlikning zaruriy belgisi xisoblanadi.

Firibgarlik jinoyatning sub'ekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso har qanday shaxs bo‘la oladi.

Firibgarlikning tovlamachilik shakilidan farqi firibgarlikda jabrlanuvchining o‘zi mulkni aybdorga ishongani yoki aldanganligi sababli ixtiyoriy ravishda berib boradi.

Tovlamachilikning firibgarlik jinoyatidan farqi shundaki,  unda jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobut qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishini xohlagan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, yoki o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yishdir.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i

J.I.Badalov