Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Harbiy xizmatga boruvchilar uchun shartnoma pulini mahalla tomonidan to‘lab berilishi


Harbiy xizmatga boruvchilar uchun shartnoma pulini mahalla tomonidan to‘lab berilishi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda pul badallarini to‘lashi va xizmat davrida bir marta bir oylik harbiy yig‘inda xizmatni o‘tashi safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilish sharti hisoblanadi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari to‘lash xizmatga olingandan keyin bir yil mobaynida to‘lanadi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra to‘lov shartnomada belgilangan muddat mobaynida to‘liq hajmda bir yo‘la yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Pul badali to‘langanligi to‘g‘risida Xalq banki filialining belgisi qo‘yilgan kvitansiya nusxasini (agar badal naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan to‘lansa elektron to‘lov ko‘chirmasi) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs uni shaxsiy hisobga qo‘yish uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga taqdim etadi. Kvitansiya mudofaa ishlari bo‘limida imzolangan shartnomada ilova sifatida saqlanadi. Ushbu pul badalini to‘lash mahalladan tomonidan amalga oshirib berilmaydi. 56 O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish uchun muhtojlarga ma'lumot kiritiladigan “temir daftar” ro‘yxati tuzildi. Ro‘yxat mahalla qo‘mitalari raislari sektor mudirlari bilan birgalikda tuziladi. “Temir daftar” ni yuritishda muhtoj oilalarning beshta toifasi belgilandi:

– nogiron va surunkali kasal bo‘lgan oila a'zolarining mavjudligi;

– yolg‘iz qariyalar, beva va kam ta'minlanganlar, parvarishga muhtoj odamlardan iborat

oilalar;

– besh va undan ortiq bolali oilalar;

– karantin choralari natijasida ishidan va daromad manbalaridan mahrum bo‘lgan fuqarolar,

shu jumladan qaytib kelgan migrantlar;

– moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan qashshoqlik darajasidan past bo‘lgan oilalar.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi

A.Kazimbaev