Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

BAHOLASh FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRIShNING MUHIM HUQUQIY ASOSI


BAHOLASh FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRIShNING MUHIM HUQUQIY ASOSI

 

Xizmat ko‘rsatish sohasining bir turi baholash faoliyati muayyan bir ob’ekt (alohida moddiy ob’ektlar (ashyolar), shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan, muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk, mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, talab qilish huquqlari, majburiyatlar (qarzlar), ishlar, xizmatlar, axborot, intellektual mulk ob’ektlari va qonun hujjatlarida fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari ob’ektlari)ning haqiqiy bahosini aniqlashda, xususan, xususiylashtirishda, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda, undan garov narsasi sifatida foydalanilayotganda muhim hisoblanadi.

Shu boisdan baholash xiz-matlarining professional saviyasi hamda sifatini oshirish, baholash ishlarining natijalari va xolisligi bo‘yicha baholovchi tashkilotlarning mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy baza shakllantirildi. Xizmat ko‘rsatish sohasining ushbu turini faol rivojlantirish uchun iqtisodiy rag‘batlantirish vositalari yaratildi, litsenziyalar berish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi.

Ta’kidlash joizki, jahon tajribasida ham ko‘rsatilayotgan baholash xizmatlarining sifatini yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tish joiz. Jumladan, 50 dan ortiq davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan professional baholovchi tashkilotlarni o‘zida birlashtirgan xalqaro tashkilot baholash standartlari bo‘yicha xalqaro qo‘mita (IVSC) tomonidan baholashning xalqaro standartlari ishlab chiqilmoqda. Mazkur xalqaro standartlar esa baholashning milliy standartlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlashda muhim poydevor vazifasini o‘tamoqda. Yevropada esa baholovchi tashkilotlar birlashmasi sifatida 1977 yildan boshlab g‘arbiy Yevropa mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy baholovchi tashkilotlarning nodavlat assotsiatsiyasi tashkil etilganligi hamda ushbu tashkilot tomonidan uning asosiy vazifalaridan biri sifatida - Yevropa ittifoqi hududidagi barcha mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan baholovchi tashkilotlarning umumiy qarashlarini namoyon etishga qaratilgan "baholashning umumiy standartlari"ning ishlab chiqilayotganligini ta’kidlash o‘rinli. Binobarin, mazkur standartlar tashkilot a’zolari uchun majburiy tusga ega bo‘lmagan holda, sohadagi ijobiy tajribani tavsiya etish hamda tegishli milliy standartlarni qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi ham shuni ko‘rsatadiki, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda turli yondashuvlar mavjud. Jumladan, AQSh, Italiya, Ispaniya, Yaponiya davlatlarida litsenziyalash orqali davlat tomonidan boshqarish amaliyoti joriy etilgan bo‘lsa, buyuk Britaniyada baholovchilar faoliyati davlat tomonidan emas, balki ixtiyoriy tartibga solish tizimida amal qilayotganligini kuzatish mumkin. Germaniyada esa "baholash faoliyati to‘g‘risida"gi qarorda faoliyatning mazkur turi bilan shug‘ullanish uchun bir qator talablar belgilangan bo‘lib, mazkur talablar odatda bozorda amalga oshirilayotgan jarayonlarga mos holda o‘zgaruvchan xususiyatga egadir. Angliyada esa baholashni o‘tkazishning barcha bosqichlarida rioya etish majburiy bo‘lgan "baholash bo‘yicha rahbariy qoidalar" amal qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mazkur qonun orqali O‘zbekiston respublikasining 4 ta kodeksi va 7 ta qonuniga tegishli o‘zgartishlar kiritilgan bo‘lib, uning mazmun-mohiyati ""baholash faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘zbekiston respublikasining qonuniga muvofiqlashtirishni, baholash faoliyatiga oid qonun hujjatlarining o‘zaro uyg‘unligini, sohaga oid munosabatlarni tartibga solishning yaxlitligi va tizimliligini, bir so‘z bilan aytganda, yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlashni nazarda tutadi. Bu o‘rinda mazkur qonun bilan O‘zbekiston respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan quyidagi o‘zgartishlarning mazmun-mohiyatiga e’tiborni qaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, "Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston respublikasi qonunining ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi, birinchidan, mamlakatimizda mustaqil baholash tizimini yanada rivojlantirish, ikkinchidan, baholash xizmatlarining professional saviyasi hamda sifatini oshirish, uchinchidan, baholovchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solishning samarali usullarini tatbiq etish, to‘rtinchidan, baholash ishlarining natijalari va xolisligi bo‘yicha ularning mas’uliyatini oshirish, beshinchidan, baholash xizmati sohasida sog‘lom raqobat muhitini yanada rivojlantirish, oltinchidan, baholovchi tashkilotlarning xizmat iste’molchilari oldidagi javobgarligini kuchaytirish orqali buyurtmachilar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash va nihoyat yettinchidan, tegishli qonun hujjatlari talablarining O‘zbekiston respublikasi "Baholash faoliyati to‘g‘risida"gi qonuni talablariga mos holda qo‘llanilishi uchun zarur huquqiy sharoitlarni yaratish imkonini beradi.

 

 

Yuqori Chirchiq tuman adliya

Bo‘limi bosh maslahatchisi Erkin Eshonboboev