Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

BOLALAR MEHNAT HUQUQLARI VA UNI TARTIBGA SOLISh MASALALARI


BOLALAR MEHNAT HUQUQLARI VA UNI TARTIBGA SOLISh MASALALARI

 

Yoshlar har bir jamiyatning eng qimmatbaho negizi va asosini tashkil etadi. Barcha avlodlarning o‘zaro uzviy aloqada bo‘lishi har qanday jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki, bu bizning tinchligimiz barqarorligining muhim sharti va bugungi avlodning kelgusi avlod oldidagi majburiyatidir.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish jamiyatning asosiy va birlamchi vazifasidir. Zero, yoshlarni jamiyatning bugungi va ertangi kuni, kelajagi deya ardoqlashlari bejizga emas. Shunday ekan, ularning jismonan sog‘lom, aqlan barkamol bo‘lishidan butun jamiyat manfaatdor bo‘lib, jamiyatning rivojlanishi va taraqqiy etishi ko‘p jihatdan ushbu omilga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yoshlar haqida so‘z yuritib: "Ko‘p asrlik tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi, bu - inson, inson avlodidir. Kishilik jamiyati el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon-e’tiqodi butun, mard va jasur, malakasi yetuk, ma’naviyati yuksak insonlar bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu ulug‘vor betimsol boylik har qaysi davlatning qudratli salohiyat manbaidir. Sog‘lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir. Biz tarixan qisqa fursat ichida boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bu boradagi maqsad va burchimizni ham anglab yetdik", - deya ta’kidlagan edi.

Bugungi kunda insonning shaxsiy huquqlarini ta’minlash davlatlar, xalqaro va milliy tashkilotlarning dolzarb va global muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Ularni ta’minlash va muhofaza etish uchun alohida qonunlar, konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Bolalar mehnati masalalariga taalluqli bir qancha xalqaro shartnomalar mavjud. Mana shunday xalqaro hujjatlar qatoriga xmtning "Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida"gi 138-konvensiyasi "Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida"gi konvensiya (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) 2008 yil 8 aprelda hukumatimiz tomonidan ratifikatsiya qilindi.

Bundan tashqari xalqaro mehnat tashkilotining 30 ga yaqin konvensiyalari va tavsiyalari o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Bu esa mamlakatda bolalar kelajakda jamiyatga foyda keltiradigan hamda insonlarga munosib turmush kechirish imkonini beradigan ishga ega bo‘lishida yordam berish, bolalar mehnatining yomon shakllarini taqiqlash va ularga barham berishni shoshilinch ravishda ta’minlaydigan chora-tadbirlarni kuchaytirish samarasini beradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston respublikasining mehnat qonunchiligi bolalarga qo‘shimcha kafolat va imtiyozlarni nazarda tutadi. Bunday kafolat va huquqlarni belgilashda mehnat qonunchiligi, eng avvalo, xalqaro huquqiy hujjatlarga asoslanadi.

Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlariga taalluqli universal hujjatlari "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi", iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt, siyosiy va fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Pakt, bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya va boshqalar. Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiya tavsiyalari mezon vazifasini bajaradi. "Bola huquqlari to‘g‘risida"gi konvensiyaning 32-moddasiga asosan konvensiyaga ishtirokchi davlatlar bolalar mehnati uchun kundalik ishning muddatini aniqlashlari belgilangan.

Bizning fikrimizcha, yuqoridagi konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda voyaga yetmaganlarning kundalik ish vaqti muddatini belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mehnat kodeksining 242-modda 1-qismi "ish vaqtining muddati o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan, olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati olti soatdan, besh kunlik ish haftasida yetti yarim soatdan ortib ketmasligi, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar (ta’til davrida ishlayotgan o‘n to‘rtdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar) uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan, 6 kunlik ish haftasida to‘rt soatdan, besh kunlik ish haftasida besh soatdan ortib ketmasligi lozim", deb yangi tahrirda bayon etilishi maqsadga muvofiqdir.

Mazkur muammo yuzasidan qo‘yidagilarni ta’kidlab o‘tsak bo‘ladi:               2001 yilda tasdiqlangan voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan ishlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishi kerak va ushbu qarorda keltirilgan talablar amaliyotda qanchalik bajarilayotgani kuchliroq nazorat ostiga olinishi lozim. Xalqaro tashkilotlarning ratifikatsiya qilingan shartnomalari va bajarilishi majburiy bo‘lgan hujjatlaridagi talablar o‘z vaqtida va to‘lig‘icha bajarilishi, konvensiya talablaridan kelib chiqqan holda voyaga yetmaganlarning kundalik ish vaqti muddatini belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bo`limi boshlig`i Oybek Buriyev