Янгиликлар
Xalq taʼlimi tizimidagi maktabda tasviriy sanʼat va chizmachilik fanidan yuqori sinflarga dars beraman. 21 soat dars va 10 foiz ustamaga egaman. Sentyabr va oktyabr oylarida 3 316.424 soʻm ish haqi toʻlanadi. Noyabr oyligida esa 2 347 000 soʻm ish haqi t
Xalq taʼlimi tizimidagi maktabda tasviriy sanʼat va chizmachilik fanidan yuqori sinflarga dars beraman. 21 soat dars va 10 foiz ustamaga egaman. Sentyabr va oktyabr oylarida 3 316.424 soʻm ish haqi toʻlanadi. Noyabr oyligida esa 2 347 000 soʻm ish haqi toʻlab berildi. Sababini surishtirganimizda ERPI bazasida zavuch xatosi bilan 10 foizlik ustamani belgilash esdan chiqqanligi koʻrsatishmoqda. Oqibatda oʻtgan oy uchun toʻlangan ustama pullari ham qaytarib qolingan noyabr ish haqidan. Bugalter sentyabr va oktyabr oylari ish haqini ruchoy berilgan tabel asosida toʻlaganligi aytilmoqda. 10 foizlik ustamani belgilash buyrugʻi sentyabr oyida taqdim etilgan bugalteriyaga. Bu vaziyatda kim haqli. Men kimni prokuraturaga berishim ,yoki adliyadan tekshiruv chaqirishim mumkinmi. Faqat dars soati toʻliq toʻlab bersa ham boʻlarmidi bu vaziyatda.
Birinchidan, sizga toʻlangan ish haqi qaytarib olinishi mumkin emas.
Chunki Mehnat kodeksi 279-moddasi birinchi qismiga muvofiq ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan, shu jumladan qonunni notoʻgʻri qoʻllanish oqibatida toʻlangan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas, hisob-kitobda yoʻl qoʻyilgan xato oqibatidagi ortiqcha toʻlovlar bundan mustasno.
Shunga koʻra sizga toʻlangan ish haqi qaytarib olinmaydi.
Ikkinchidan, Mehnat kodeksining 164-moddasiga koʻra xodimning roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish asoslari belgilangan biroq ularning orasida sizga mos keladigan asos mavjud emas.
Shunday ekan sizning ish haqingizdan ushlab qolish ham noqonuniy hisoblanadi.
Eʼtibor bering! Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-son buyrugʻida belgilangan OʻIBDOʻning lavozim majburiyatlaridan biri bu ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish hisoblanadi.
Sizdagi vaziyatda OʻIBDOʻ tabelni notoʻgʻri yuritgani uchun, buxgalter esa ish haqingizdan sizning roziligingizsiz ushlab qolgani uchun javobgar hisoblanadi.
Bu vaziyatda ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 49-moddasi bilan (yaʼni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo`limi boshlig`i Oybek Buriyev