Янгиликлар
Men bir yarim yil avval bir kishiga 3 mln qarz bergandim har xil bahona bn pulimni bermay yuribdi men kimga murojat qilsam buladi yozma tilxat olmaganman. Bu pulni utgan yilgi otpuska pulimdan bergandim uzim uqituvchuman 3 mln biz uchun ancha pulda qaytar
Men bir yarim yil avval bir kishiga 3 mln qarz bergandim har xil bahona bn pulimni bermay yuribdi men kimga murojat qilsam buladi yozma tilxat olmaganman. Bu pulni utgan yilgi otpuska pulimdan bergandim uzim uqituvchuman 3 mln biz uchun ancha pulda qaytarib ololamanmi pulimni u odamni yana ancha kishidan qarzi bor ekan hech kim ololmayabdi ekan necha marta suradim erta indin deb yuraveradi
Hurmatli fuqaro savolingizga javobni quyidagi post orqali olishingiz mumkin.
Siz qilgan katta xato qarz olgan odamdan hech boʻlmasa tilxat olmaganligingiz boʻlgan.
Bu holatda siz oʻsha odam qarz olganligini sms yoki telegramdagi yozishmalar, telefon soʻzlashuvlari yoki videoyozuv orqali tasdiqlashingiz mumkin. Shu orqali sudda oʻz vajlaringizni asoslab berishingiz mumkin.
Xulosa qiladigan boʻlsak, siz fuqarolik sudiga qarz undirish haqida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishingiz lozim.
Daʼvo arizasida Fuqarolik protsessual kodeksi 189-moddasiga muvofiq quyidalar koʻrsatilishi shart:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) daʼvogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari;
4) daʼvogarning talabi;
5) daʼvogar oʻz talabiga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va daʼvogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
6) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
7) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati.
Yuqoridagi normada ilova qilinadigan hujjatlar quyidagilar hisoblanadi:
1) arz qilinayotgan talablarga asos boʻlgan holatlarni;
2) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini;
4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan boʻlsa.
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi
Zokirov Jahongir