Янгиликлар
So‘ragan edingiz? Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi?
So‘ragan edingiz? Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi?
Xodim ishdan bo‘shagan vaqtdagi uning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqib kompensatsiya hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 151-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Shu qoidaga ko‘ra, xodim ishdan bo‘shagan vaqtda foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya olishi lozim.
“Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2985)ning 18-bandiga asosan mehnat ta’tili haqi miqdorini hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan o‘rtacha ish haqini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon qilinadigan har bir kalendar yilga ish vaqti kalendari (ish vaqti balansi) bo‘yicha aniqlangan olti kunlik ish haftasida joriy kalendar yildagi ish kunlarining o‘rtacha oylik soniga bo‘lish orqali hisoblab chiqiladigan xodimning o‘rtacha kunlik ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi.
Aynan shu qoidaga ko‘ra, kompensatsiya miqdori xodim ishdan bo‘shagan vaqtidagi o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha aniqlanadi.
Yuqori Chirchiq tuman
adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi
Zokirov Jahongir