Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

So‘ragan edingiz? Malaka oshirishga bormagan o‘qituvchini ishdan bo‘shatish mumkinmi?


So‘ragan edingiz? Malaka oshirishga bormagan o‘qituvchini ishdan bo‘shatish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 19-bandiga ko‘ra xodim asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda (joriy yil davomida) malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’iy nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinishi belgilangan.

Demak, pedagog xodim belgilangan tartibda malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amaldagi qonunchilikda belgilangan  tartibda bekor qilinishi mumkin.

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi

Zokirov Jahongir