Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

ALKOGOL, GIYOHVANDLIK VOSITALARI TA’SIRIDAN YOKI O‘ZGACHA TARZDA MASTLIK HOLATIDA BO‘LIB, MUSTAQIL HARAKATLANISH QOBILIYATINI YO‘QOTGAN SHAXSLARNI ICHKI ISHLAR XODIMLARI TOMONIDAN TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH PUNKTLARIGA YETKAZISH VA TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH


ALKOGOL, GIYOHVANDLIK VOSITALARI TA’SIRIDAN YOKI O‘ZGACHA TARZDA MASTLIK HOLATIDA BO‘LIB, MUSTAQIL HARAKATLANISH QOBILIYATINI YO‘QOTGAN SHAXSLARNI ICHKI ISHLAR XODIMLARI TOMONIDAN TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH PUNKTLARIGA YETKAZISH VA TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH TARTIBI BELGILANDI.

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi “Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 644-sonli qarori qabul qilindi hamda qarorga asosan “Alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Nizom alkogol, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastlik holatida bo‘lib, mustaqil harakatlanish qobiliyatini yo‘qotgan yoki qayerdaligini aniq anglab yetmaydigan shaxslarni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga yetkazish va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilashga qaratilgan.

Mazkur Nizomning 3-bandiga assoan, mastlik holatida boʼlgan shaxslarga tibbiy yordam koʼrsatish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 oʼrinli tumanlararo tibbiy yordam koʼrsatish punktlari tashkil qilinishi belgilandi.

Shuningdek, tibbiy yordam koʼrsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida Milliy gvardiyaning qoʼriqlash boʼlinmalari tashkil etilishi belgilab o’tildi.

Nizomga ko’ra, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam koʼrsatish punktlariga jamoat joylarida mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam koʼrsatish punktlariga olib borish uchun shaxsning maqsadli harakatlar sodir etish yoki oʼzi mustaqil harakatlanish qobiliyatini yoʼqotganligi (biror joyda yotgan yoki oʼtirgan holati), shaxsning uyquchanligi, uygʼotishning qiyinligi,▫️shaxsning tikka holatda mustaqil tura olmasligi, nutqining noaniq, tushunarsiz, oʼzaro bogʼliq boʼlmagan uzuq-yuluq alohida soʼzlardan tashkil topishi (gʼuldirashi),▫️savollarni yaxshi tushunmasligi, oʼzining qaerdaligini aniq anglab yetmasligi kabi holatlar asos hisoblanadi.

Bunda, mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam koʼrsatish punktida
12 soatgacha boʼlganda dalolatnoma, 12 soatdan koʼp vaqt boʼlganda va tibbiy koʼrsatmalar mavjud boʼlgan hollarda kasallik tarixi rasmiylashtiriladi.

Tibbiy yordam koʼrsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutkaning tungi vaqtida (soat 23:00 dan 06:00 gacha) yoki yilning sovuq davrida chiqarib yuborish ularning qarindoshlari kuzatuvida amalga oshiriladi.

 

Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi boshyuriskonsulti D.Turdaliyev