Янгиликлар
YER OSTI SUVLARIDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
YER OSTI SUVLARIDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
O‘rta Osiyo hududi yerusti suv zaxiralari bilan birgalikda juda katta yerosti suv zaxiralariga ham ega hisoblanadi.Oqar suvlar bilan bir qatorda yerosti suvlaridan ham ichimlik suvi sifatida, chorva mollarini sug‘orish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug’orishda yer osti suvlaridan keng miqyosda foydalaniladi.
Ma’lumki, yerdagi suv daryolar, ko'llar, er osti suvlari, okeanlar, ichki dengizlar, atmosfera, tuproq namligi, qutblarda muzliklar kabi alohida bo’limlarga ajratiladi.
Bunda ayniqsa yer osti suvlari ichimlilikka yaroqliligi, turli xil minerallarga boyli va shu sababli shifobaxsh xususiyatga egaligi bilan qimmatlidir. Biroq, yer osit suvlari ham cheklangan resurslar toifasidan biridir. Shu sababli undan foydalanishni tartibga solish, foydalanish tartibini belgilash, sohada davlat nazoratini o’rnatish muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 – 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2954-son qarori, 2022-yil 7-dekabrdagi “Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-439-sonli qarorlari aynan . yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat va jamolatchilik nazoratini kuchaytirishga, aholida suv manbaalaridan foydalanish sohasida mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.
Jumladan, qarorga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab yer osti suvlarining ko’p yillik o’rtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerlarni sug’orish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yer osti suvlariga quduqlarni burg’ulash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug’orish taqiqlanishi belgilandi.
Bundan tashqari,
- yer osti suvlarining ko’p yillik o’rtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burg’ilashga gidrogeologik xulosa berish va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi tomonidan,
- qishloq xo’jaligi ekin maydonlarini sug’orish maqsadlari uchun suv tejovchi tehnologiyalarni joriy etish shartlari bilan Suv xo’jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda berilishi belgilandi.
Shuningdek, qarorning 2-bandiga asosan 2023-yil 1-apreldan boshlab yer osti suvlariga quduqlarni burg’ilash uchun ruxsatnoma berishning amaldagi tartibi bekor qilinishi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi tomonidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga yer osti suvlariga quduqlarni burg’ilash faliyatiga ruxsatnoma berish tartibi joriy etilishi belgilab o’tildi.
Bunda, agarda yer osti suvlariga quduqlarni burg’ilash faoliyatiga ruxsatnomaning talab va shartlarini bajarmaganlik uning amal qilishini to’xtatib turishga, gidrogeologik xulosasiz burg’ilsh ishlarini olib borish esa ruxsatnomani bekor qilishga asos bo’ladi.
Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshyuriskonsulti D.Turdaliyev